Oripov Mulla Uvays — 1899-yili Uchqo‘rg‘on rayoni Qayqi qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘zbek, ruhoniy oiladan, 1930-yili kooperativ mulkni o‘zlashtirgani uchun 2 yilga qamalgan. Jazoni o‘tab kelgan, hibsga olinganida Qayqi tayyorlov punktida ishlayotgandi. Ruhoniylarning aksilinqilobiy guruhiga kirib olib, ruhoniylarning nolegal aksilinqilobiy yig‘inlarida sovet hokimiyatiga
qarshi kurash metodlari masalalari muhokama qilinganda ishtirok etgan, diniy kitoblarga aksilinqilobiy tus bergan, tez orada sovet hokimiyatini qulashi va O‘zbekistonda “Musulmonobod”
yaratilishi haqida gaplar tarqatgan, arab imlosida bitilgan aksilinqilobiy murojaatnomalar saqlagan, barcha musulmon davlatlarning birlashishiga da’vat etuvchi murojaatnomalar olib turgan, ularning nusxalarini Ukrainaga surgun qilingan, o‘zbek
quloqlari yashayotgan maxsus posyolkalarga maxsus aloqa yo‘li bilan yuborib, ularni sabr qilishiga, tez orada yana eskicha yashash vaqti
keladi deb chaqirganlikda, hibsga olingan paytda o‘shanday murojaatnoma qo‘lga olingani uchun ayblangan.[1][2]
Manbalar