Odam oʻldirish — qasddan boshqa shaxsni hayotidan mahrum qilish[1][2][3]. Jinoyat huquqida shaxsga qarshi qaratilgan eng ogʻir jinoyatlardan biri boʻlib, fuqarolar hayoti xavfsizligini taʼminlovchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz hisoblanadi.
Oʻzbekistonda
Odam oʻldirish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Odam oʻldirish moddiy tarkibli jinoyatlar sirasiga kiradi. Odam oʻldirgan aybdorning harakati yoki harakatsizligi tufayli odam oʻlgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan Odam oʻldirish turlarini shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:
qonunda nazarda tutilgan yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz Odam oʻldirish (10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi);
aybni ogʻirlashtiruvchi holatlarda Odam oʻldirish (ikki yoki undan ortiq shaxsni; xomiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolni; ojiz ahvolda ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsni; xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning qarindoshini; boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli boʻlgan usulda; ommaviy tartibsizliklar jarayonida; oʻta shafqatsizlik bilan oʻldirish va boshqa — 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish yoki oʻlim jazosi bilan jazolanadi);
aybni yengillashtiruvchi holatlarda Odam oʻldirish (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida Odam oʻldirish — 5 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish; zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan Odam oʻldirish — 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish; ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish — 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi)
↑„Murder“. Merriam-Webster. 2017-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
↑The American Heritage Dictionary, 5, Random House Publishing Group, 2012. ISBN 9780553583229. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr. ("The killing of another person without justification or excuse, especially the crime of killing a person with malice aforethought or with recklessness manifesting extreme indifference to the value of human life.")