Mulla Abdulaziz hoji jome masjidi – Andijon viloyati, Asaka tumanida joylashgan masjid[1]. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1998-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Qurilishi
Jome masjidining binosi mahalla ahli tashabbusi bilan 2005—2007-yilda hashar yoʻli bilan qayta taʼmirlangan. Masjid binosi „Chosh tepa“ nomli qabriston bilan tutash. Binoda bir vaqtning oʻzida 1300 nafarga yaqin inson namoz oʻqishi mumkin. Masjid kutubxonasi tarkibida 243 ta kitob mavjud.
Manbalar