Muhammad Yunus

Muhammad Yunus

Muhammad Yunus 2013-yilda
Tugʻilgan 28-iyun 1940-yil (1940-06-28) (84 yosh)
Chittagong, Britaniya Hindistoni
Millati bengal
Oliygoh
Soha
Alma mater
Hissasi
Mukofotlar

Muhammad Yunus (bengalcha: মুহাম্মদ ইউনূস; 1940-yil 28-iyun kuni tugʻilgan) — bangladeshlik ijtimoiy tadbirkor, bankir, iqtisodchi va fuqarolik jamiyati rahbari. Grameen bankiga asos solgani hamda mikrokredit va mikrofinans tushunchalarini ilgari surgani uchun Tinchlik Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Bunday kreditlar anʼanaviy bank kreditlari uchun oʻta kambagʻal hisoblangan tadbirkorlarga beriladi.

2006-yilda Yunus va Grameen banki birgalikda „mikrokredit yordamida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni tubdan boshlashga qaratilgan saʼy-harakatlari“ uchun Tinchlik Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Norvegiya Nobel qoʻmitasi „yirik aholi guruhlari qashshoqlikdan chiqish yoʻllarini topmasa, doimiy tinchlik oʻrnatib boʻlmaydi“ hamda „Yunus va Grameen banki eng kambagʻal kambagʻallar ham oʻz rivojlanishlariga sababchi boʻla olishlari mumkinligini koʻrsatdi“, dedi[1].

Yunus yana bir necha boshqa milliy va xalqaro sovrinlarni qoʻlga kiritgan. U 2009-yilda AQSh Prezidenti erkinlik medali, 2010-yilda Kongress oltin medali bilan taqdirlangan. 2008 yilda Yunus „Foreign Policy“ jurnali tuzgan „Eng yaxshi yuzta global fikrlovchi“ roʻyxatida ikkinchi oʻringa qoʻyildi.

Manbalar

  1. „The Nobel Peace Prize for 2006“. NobelPrize.org (13-oktyabr 2006-yil). Qaraldi: 13-oktyabr 2006-yil.

Havolalar

Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!