Chernoy Mixail Semyonovich |
|
Tavalludi |
1952-yil 16-yanvar
|
---|
Fuqaroligi |
Isroil |
---|
Kasbi |
Tadbirkor |
Mixail Chernoy (ivritcha: מיכאל צ'רנוי, ruscha: Михаил Чёрный, 1952-yil 16-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbek, asli isroillik tadbirkor va sanoatchi. U 1990-yillarda Rossiyadagi alyuminiy sanoatidagi muhim roli va Isroildagi biznes tashabbuslari bilan tanilgan. Shuningdek, Mixail Chernoy jamgʻarmasining asoschisi va The Intelligence Summit homiysi[1].
Hayoti
Chernoy 1952-yil 16-yanvarda Toshkent shahrida, yahudiy oilasida tugʻilgan. Otasi buxgalter (hisobchi) va muhandis boʻlib, uch oʻgʻilning toʻngʻichi. U oʻn toʻrt yoshida ishlay boshlaydi. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Sovet Armiyasiga chaqiriladi va texnikumga oʻqishga kirgan. Keyinchalik u sportning boks va futbol turlari bilan shugʻullanib, sport maʼmuriyatiga ishga kiradi.
1990-yillarning boshida Isroilga koʻchib kelgan, lekin Bolgariya bilan yaqin aloqada boʻladi. U yerda yetakchi gazeta, top futbol jamoasi va Bolgariyaning yagona mobil telefon kompaniyasi Mobiltelni sotib olgan. 2000-yilning avgust oyida Bolgariya hukumati uning chet ellik jinoiy reketlar bilan aloqasi borligini qoralaydi. Soʻng, 10 yil davomida Bolgariyaga qaytib kela olmasligini aytib, uni Bolgariyadan chiqarib yuborishgan[2].
Bundan tashqari, Floridadagi Sankt-Peterburg Tayms gazetasida aytilishiga koʻra, Qoʻshma Shtatlar „1999-yildan beri Cherneyga rus mafiyasi bilan aloqasi borligi sababli viza bermadi“[3].
Chernoy 2010-yilning avgust oyida Isroilning Ikkinchi kanali Isroilda qisqa koʻrsatuvni namoyish etgan. Koʻrsatuv oʻsha vaqtgacha boʻlgan eng qimmat va dabdabali toʻy marosimi haqida 20 million ILS (taxminan 5 million AQSh dollari) ga tushgan edi. Dasturdagi kelin Chernoyning qizi ekanligi, toʻy oʻzi tomonidan toʻlangani maʼlum boʻladi. Shuningdek, unda Isroil vazirlari va asli rossiyalik parlament (Knesset) deputatlari ham qatnashgani[4].
Shaxsiy hayoti
Chernoy ishbilarmon ayol Nikol Raydman bilan 2019-yilda unashtirilgunga qadar munosabatda boʻlgan. Lekin, ular oʻsha yilning oxirida ajrashgan. Ularning Mishel (2010-yilda tugʻilgan) va Richard (2014-yilda tugʻilgan) ismli ikkita farzandi bor. Ular Gerzliyada yashaydi.
U Moskvadagi uyida Vladimir Putinning amakivachchasi Igor Putin va Rossiyaning bosh ravvini Berel Lazar bilan birga edi[5].
Manbalar
Havolalar