Mavlono Sherali

Mavlono Sherali (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir va xattot. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning oʻz davrida mashhur xattot ekani, nastaʼliq xatini hech kim u kabi bita olmasligini yozadi. Mavlono Sherali tasavvuf va muammo ilmidan ham yaxshi xabardor boʻlgan. Navoiy uning soʻnggi paytlarda uzlatni ixtiyor etib, odamlarga aralashmay qoʻyganini aytadi va “Malanku” ismiga bitilgan muammosini keltiradi[1][2].

Manbalar

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois. 

Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!