Mavlono Qoism I (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir va munajjim. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mavlono Abdurahim Munajjimga nabira ekanligini, bobosi kabi ilmi nujumni yaxshi bilishini taʼkidlaydi va quyidagi baytini keltiradi:
Mo masti mudomem, zi mayxona chi pursam,
Az beshu kami sogʻaru paymona chi pursam.
(Mazmuni: Biz doim mastmiz; mayxonada ne gina (ayb), qadahlarning toʻla va kamligida ne gina (ayb)![1][2])
Manbalar
- ↑ Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at.
- ↑ Majolis un-nafois.