Mavlono Faxriddin Zohid – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Hindistondagi chishtiya tariqatining yirik namoyandasi. Sulton Shamsiddin Iltutmish (607–633-h.q./1211–1236-m. yillarda hukmronlik qilan) davrida yashagan. Duosi mustajob zotlardan boʻlgan. Alisher Navoiy ushbu shayx haqidagi faslni tazkirasiga oʻzi yozib, kiritgan[1][2].
Manbalar
- ↑ Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at.
- ↑ Majolis un-nafois.