Mavlono Bilol (15-asr) – zullisonayn shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning xushtabʼ va shirin kalom kishi ekanligi, turkiy va forsiyda sheʼrni yaxshi aytishini taʼkidlaydi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi turkiy bayti keltirilgan:
Jon-u koʻnglumni jafo oʻti bila kuydurdingiz,
Uylakim kul boʻldumu mendin koʻngul tindurdingiz.
Hirotda vafot etgan, Xojayi Toq qabristonida dafn etilgan[1][2].
Manbalar
- ↑ Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at.
- ↑ Majolis un-nafois.