Mavlono Aminiy

Mavlono Aminiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir, Muhammad Ali Aminning oʻgʻli. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning muloyim tabʼli yigit ekanligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:

Yor dar silsilai nozu itobam dorad,

Boz devonagii ishqi xarobam dorad.

(Mazmuni: Yor meni nozu karashma zanjiri bilan band etadi.

Yana meni ishqida devonaligim xarob qiladi)[1][2].

Manbalar

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois. 

Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!