Mavlono Abu Tohir (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan badaxshonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning ilm oʻrganish uchun Badaxshondan Hirotga kelgani, Navoiy qurdirgan madrasada tahsil olayotgani haqida maʼlumot beradi va “Odam” ismiga bitilgan muammosini keltiradi[1][2].
Manbalar
- ↑ Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at.
- ↑ Majolis un-nafois.