Makka

Makka

arabcha: مكة
shahar
21°25′21″N 39°49′34″E / 21.42250°N 39.82611°E / 21.42250; 39.82611
Mamlakat Saudiya Arabistoni
Hukumat
 • Gubernator Xolid al-Faysal Al Saud
Asos solingan er.av. 2000
Maydon 400 km2 (150 kv mi)
Dengiz sathidan 277 m
Aholisi
 (2020)
2 042 00
Zichligi 5100 kishi/km2
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Etnoxoronim makkalik, makkiy
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +966-12
Makka xaritada
Makka
Makka

Makka (arabcha: مكّة المكرمة‎ Makkah Al-Mukarramah) — musulmonlar uchun muqaddas hisoblanadigan shahar. Saudiya Arabistonining gʻarbida, Qizil dengizdan 70 km uzoqlikda joylashgan. Hijoz viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 2023-yilgi ma'lumotga ko'ra taxminan 2,150,000 kishidan iborat[1]. Aholi soni boʻyicha Ar-Riyod va Jiddadan keyin uchinchi oʻrinda turadi. Bu shaharni arablar Umm ul-Qurro, Umm ul-Madoin, yaʼni shaharlar onasi deb yuritadilar. Qurʼonda „Bakka“ nomi bilan kelgan. Makkada musulmonlar haj qiladigan — musulmonchilikning beshinchi ahkomi bajariladigan Kaʼba joylashgan. Musulmon rivoyatlariga koʻra, Makkada Odamato va Momohavo hamda Shis, Ibrohim, Ismoil va Hojar yashaganlar.

Etimologiya

Jugʻrofiya

Demografiya

Iqlim

Tarixi

Qadimiy tarix

Makka qadimiy shahar, asos solingan yili nomaʼlum. Dastlab Zamzam bulogʻi atrofida aholi turar joylari paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 2—1ming yilliklarda Makka arab qabilalari uchun muqaddas joy hisoblangan. Makka ilk bor yunon tarixchisi Ptolemey asarlarida Makoraba nomi bilan tilga olingan va bu yerda milodiy II asrda ibodatxona mavjudliga aytib oʻtilgan. Islom paydo boʻlishidan avval Makka majusiy arab qabilalarining diniy hamda Sharq bilan Oʻrta dengiz boʻyi davlatlari oʻrtasidagi savdoda muhim oʻrin tutgan. Islom vujudga kelishidan koʻp asrlar ilgari Makkadagi Kaʻba ibodatxonasi arab qabilalarining ziyorat markazi boʻlib, unda qabila xudolarining sanamlari saqlangan.

Muhammad (s.a.v.) tomonlaridan fatx qilinishi

Milodiy V asr oʻrtalarida Makka quraysh qabilasi qoʻliga oʻtadi. Shu davrda quraysh qabilasining boshligʻi Zayd bin Kilob (Qusay laqabi bilan mashhur) Kaʼba atrofidagi yerlarni oʻz qabiladoshlariga boʻlib berdi. Qusay va uning avlodlari oʻtkazgan islohotlar natijasida Makka tez surʼatlar bilan oʻsdi, bozorlar koʻpayib, ziyoratchilar uchun yangi quduklar qazildi. VI asr oxiri — VII asr boshida shahar Arabiston yarimorolining faqat savdo va diniy emas, balki siyosiy markaziga ham aylandi. Shunday vaziyatda Makkada yakkaxudolik (tavhid)ga asoslangan islom dinining targʻiboti boshlandi. Makkada 571-yilda Muhammad paygʻambar tugʻilgan, VII asrdan musulmonlarning muqaddas shahri va ziyoratgohiga aylangan.

610-yilda Muhammad Makka yaqinidagi Hiro togʻida oʻziga birinchi bor vahiy, yaʼni Qurʼon oyati-karimalari nozil boʻlganini eʼlon qildi. 622-yilda musulmon jamoasi Makka bilan raqobatlashib kelgan Yasrib (Madina) shahriga koʻchib oʻtdi (qarang Hijra). 630-yilda shahar musulmonlar qoʻl ostiga oʻtdi va Makkaga haj qilish islomning 5 arkonidan biriga aylandi.

Makka 1850-yil

Rivoyatga koʻra, qadimgi Jurhum, Xuzoʻa qabilalari, IV asr oxiridan esa, Quraysh qabilasi koʻchib kelib yashay boshlagan. VI-VII asr oʻrtalarida Kaʻbadan 800—900 metr shimoli-sharqqa va taxminan 500 m janubi-gʻarbga choʻzilgan vodiy boʻylab aholi istiqomat qilardi. Markazda, Kaʼbadan janubroqda bozor boʻlgan. Turar-joylar devorlar bilan oʻralgan katta hovlilardan iborat boʻlib, hovli ichida qavmi qarindosh oilalarning imoratlari joylashgan. Oʻsha vaqtda Makkada 6-7 ming aholi yashagan. Makkada

sugʻorish uchun suv yoʻqligi, muqaddas hududda dehqonchilik va ov bilan shugʻullanish man qilingani ustiga atrofdaga qabilalar uchun muqaddas hisoblangani tufayli qurayshlarning savdo bilan mashgʻul boʻlishiga toʻgʻri kelgan.

Oʻrta asrlar

Umaviylar davrida (661—750) shahar qiyofasi keskin oʻzgardi: koʻp qavatli qasr, saroylar paydo boʻldi. Bagʻdod xalifaligi (750—1258) inqirozga uchragandan soʻng Makka Fotimiylar, Ayyubiylar va mamluklar qoʻl ostiga, keyinchalik Usmonli turk saltanati tobeligiga (1517) oʻtdi. 1916-yildan Makka — Hijoz qirolligi poytaxti. 1924-yil Ibn Saʼud qoʻshinlari Makkani ishgʻol etadi va Makka shahrida u Hijoz va Najd davlati qiroli deb e'lon qilinadi. 1932-yilda bu davlat Saudiya Arabistoni nomini oldi.

Ziyorat

Makkadagi Al-Masjid al-harom (Baytulloh) — Kaʼba musulmonlar uchun muqaddas ziyoratgoh. Baytullohga har yili millionlab musulmonlar umra va haj ziyoratlari uchun tashrif buyurishadi.

Makka 1910-yil

Makka aholisi, asosan, hajga kelganlarga xizmat koʻrsatish, ibodat qiluvchilar uchun diniy buyumlar (maxsus kiyimlar, yaʼni ihrom, tasbeh, atirlar, Zamzam suvi uchun idishlar) tayyorlash bilan shugʻullanadi. Gilam toʻqish korxonalari, ustaxonalar mavjud. Umm al-Quro universiteti bor (1981).

Transport

Makka savdo va avtomobil yoʻllari tuguni. Avtomobil yoʻllari shaharni Ar-Riyod, Madina va Jidda shaharlari bilan bogʻlaydi.

1979-yilgi mojoro

Musulmon boʻlmaganlarni Makkaga kirmasligi

Adabiyotlar

  • Hasanov A.A., Makka va Madina tarixi, T., 1992; Inogʻomov SR., Saudiya Arabistoni podshohligi, T., 1998; Abbud Gassan Axmad, Sovremennoye korolevstvo Saudovskaya Araviya, T., 2002.

Ahmadjon Hasanov.[2]

Manbalar



Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!