Léo Delibes

Léo Delibes
Tavalludi 21-fevral 1836
Vafoti 16-yanvar 1891
Fuqaroligi Fransiya
Otasi Philibert Delibes
Onasi Clémence Batiste

Clément Philibert Léo Delibes (talaffuzi: Kleman Filiber Leo Delib; 1836.21.2, Sen-Jermen dyu-Val — 1891.16.1, Parij) — fransuz kompozitori, balet janri isloqotchisi. Parij konservatoriyasida taʼlim olgan (1848—53) va shu yerda professor (1881 y.dan). Fransiya instituti (akademiyasi)ning aʼzosi (1884 y.dan). Uning "Jilgʻa" (Minkus bilan hamkorlikda, 1866), "Koppeliya" (1870), "Silviya" (1876) baletlarida sahnaviy raqs dramatik teatrga xos vositalari bilan toʻldirildi, musiqa uslubi simfonizm tamoyillari bilan boyidi. Hajviy "Qirol shunday degan" va lirik-dramatik "Lakme" (1883) operalari dunyo teatrlarida muntazam ijro etiladi. D.ning "Lakme" va "Koppeliya" asarlari Navoiy teatriaya 1947 y.dan beri sahnalashtirilmoqda.

Manbalar

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!