Luis Federico Leloir

Leluar Luis Federiko (1906.6.11 — Parij1987.2.12) — argentinalik biokimyogar. Buenos-Ayres universitetini tugatgan (1932), Kembrij (1935—36) va Sent Luis (AQSH) universitetlarida ishlagan. Biokimyo tadqiqotlari instituti rektori (1947-yildan), Buenos-Ayres universiteti professor (1962-yildan). Asosiy tadq-iqotlari uglevodlar biokimyosiga oid. Birinchi qand nukleotidi — uridin-difosfatglyukozani (1951), purin va pirimidin hosilalariga taalluqli juda koʻp nukleotiddifosfatqandlarni (NDFqandlar) kashf qilgan (1950—60). Shu kashfiyotlarga asoslanib koʻpgina uglevodlar, jumladan, glikogen (1959) va kraxmal (1960) biosintezi mexanizmini tushuntirib bergan. Nobel mukofoti laureata (1970).[1][2]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari



Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!