Lipari orollari

Lipari orollari - Tirren dengizidagi bir guruh vulkan orollari. Italiya hududi, Sitsiliya o.dan shimolda. 7 ta yirik (Lipari, Salina, Vulkano, Filikudi, Stromboli, Aliku-di, Panarea) va 10 kichik orollardan iborat. Umumiy maydoni 117 km². Asosan, bazalt va tuflardan tashkil topgan. Vulkano va Stromboli o.larida harakatdagi vulkanlar (balandligi 926 m) bor. Iklimi va oʻsimliklari Oʻrta dengiz tipli. Zaytun, tok, anjir oʻstiriladi. Oltingugurt konlari bor. Vino eksport qilinadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!