Laziz Poʻlatovich Qayumov (1930-yil 23-aprel, Qoʻqon – 2004-yil 11-yanvar, Toshkent) – adabiyotshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), filologiya fanlari doktori (1963), professor (1965).
Biografiyasi
Laziz Qayumov 1930-yil 23-aprelda Qoʻqon shahrida oʻqituvchi Po‘latjon Qayumov oilasida tugʻilgan[1]. Oʻrta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1952). Shu universitetda oʻqituvchi (1953—56), dotsent (1956—65), dekan (1960—62), SSSR xalklari adabiyoti kafedrasining mudiri (1963—85; 1988-yildan). „Oʻzbekiston madaniyati“ (1962— 81), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1984—88) gazetaning bosh muharriri[2].
U asosiy ishidan tashqari, ijtimoiy faoliyat bilan ham shugʻullangan. Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan doʻstlik jamiyati raisi, Xalqaro adabiyotshunoslar uyushmasi aʼzosi, OʻzSSR „Bilim“ jamiyati til va adabiyot boʻlimi raisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 1974-yilda yilning eng yaxshi tanqidiy asarlari uchun SSSR Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasining Butunittifoq mukofoti bilan taqdirlangan[3].
Hamza ijodiga bagʻishlangan „Inqilob kuychisi“ (Hamza Hakimzoda biografiyasi) (1962), „Inqilob va ijod“ (1964), „Inqilobiy drama“ (1970), „Hamza“ (1973, 1989) kitoblari nashr etilgan. „Shoira Zulfiya“ (1965, 1975) „Olmos isteʼdod“ (1965), „Zamondoshlar“ (1972), „Asr va nasr“ (1975) va boshqalar asarlarida adabiyotshunoslik va oʻzbek adabiyotiga oid muammolar ochib berilgan. „Oʻqituvchi“ (1954), „Gulistoning sening“, „Mehri daryo“ (1975) voqeiy hikoyalar va „Meridiandagi uchrashuvlar“ (1976) publitsistik maqolalar toʻplamlari ham bor. „Barhayot Hamza“ (1967), „Hamza teatri“ (1968), „Farzandingman, Oʻzbekiston!“, „Gul sayli“ (1972) kabi hujjatli filmlar ssenariysi muallifi[4].
Mukofotlar
Manbalar
Adabiyot
- Olimov M., Laziz Qayumov; Adabiy portret, T, 1980; Laziz Qayumov [Xotiralar], T, 2005.