Bu maqolada manbalar<ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.(2024-09)
Kofarnihon, Kofirnihon -Tojikistondagidaryo. Amudaryonit oʻng irmogʻi. Oʻz. 387 km, havzasining maydoni 11600 km². Hisor tizmasidan boshlanadi, 90 km li yuqori qismi Obisafed, Kaniz va Sarbo nomlari bilan ataladi. Sardobi Miyona irmogʻi quyilgandan soʻng K. nomini oladi. Togʻli qismida K. yon bagʻirlari tik tor vodiyda, Chinor qishlogʻidan boshlab esa keng Hisor vodiysida oqadi (bu yerda suvidan sugorishda foydalaniladi). Quyi qismida K. Bobotogʻ bilan Oqtogʻ orasidan oʻtadi. K. qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Suvi martdan iyungacha koʻpayib, yanvar—fevralda kamayadi. Suvi ancha loyqa, etak qismida 1m³ suvida 1,53 kg loyqa boʻladi. Yirik irmoklari: Obizarang, Sardobi Miyona, Kapandor, Obiyos, Varzob, Iloq va Xonaqoh.