40°49′51″N 72°22′27″E / 40.83083°N 72.37417°E / 40.83083; 72.37417
Kapa jome masjidi – Andijon viloyati, Jalaquduq tumani Kapa mahallasida joylashgan masjid[1]. 1998-yil 26-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan[2]. 1998-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Qurilishi
Masjid binosi 2007-yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan[3]. Binoda bir vaqtning oʻzida 500 nafarga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 200dan ortiq ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud. 2020-yilda masjid xonaqosi joriy taʼmirdan chiqarilgan.
Masjidga uzoq yillarda buyon Sultonmurod Yunusov imomlik qilib kelmoqda.
Manbalar