Julia Bianchi (1997-yil 7-oktyabrda tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, “Palmeyras”da yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Faoliyat
Klub
Bianchi Xanxerê[1] Braziliya janubidagi Santa-Katarinadagi kichik shaharchada tugʻilgan. U oʻzining professional faoliyatini Santa-Katarinaning Caçador shahrida joylashgan anʼanaviy ayollar futbol klubi Kindermannda boshlagan. Keyin u Centro Olímpico jamoasida oʻynash uchun ketgan va keyinchalik Ferroviária bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilda Bianchi Kindermannga qaytgan va keyingi yili u Primera divizionida Madrid CFFga ijaraga berilgan. Kindermann tarkibida, u Campeonato Brasileironing 2020-yilgi mavsumida eng yaxshi oʻyinchilardan biri sifatida tanlangan[2]. Natijada, keyingi yili u Palmeyras bilan shartnoma imzolagan[3].
Xalqaro
Bianchi 2012-yilgi FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Braziliya U17 terma jamoasini himoya qilish uchun chaqirilgan va u yerda Braziliya turnirda oʻynagan toʻrtta oʻyinda oʻng qanot himoyachisi sifatida ishtirok etgan. Oʻshanda u endigina 14 yoshda edi. Bianchi, shuningdek, Braziliya U20 terma jamoasini 2014 va 2016-yillarda FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi ikkita Jahon chempionatida himoya qilgan. Ikkala holatda ham u jamoasi ushbu turnirlarda oʻynagan barcha oʻyinlarda maydonga tushgan, yarim himoyachi, oʻng qanot himoyachisi va markaziy himoyachi sifatida oʻynagan[4][5].
9-noyabr kuni, 2020-yilda ajoyib mavsumni oʻtkazgandan soʻng, Bianki Campeonato Brasileironing eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri sifatida tanlangan[1]. Bianchi Argentinaga qarshi ikkita oʻrtoqlik oʻyinida Braziliya terma jamosiga chaqirilgan[6][7]. 1-dekabr kuni u Braziliya terma jamoasi safida Ekvador ustidan 8:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinning ikkinchi boʻlimida debyut qilgan[8][9]. 2021-yil 28-yanvarda Bianchi Pia Sundhage tomonidan 2021-yilgi SheBelieves Cup musobaqasida Braziliya terma jamoasiga chaqirilgan[10]. U oʻz jamoasining turnirdagi uchta oʻyinida maydonga tushgan[11][12][13]. Oʻsha yilning oʻzida Bianchi Braziliya terma jamoasi uchun yana ikkita oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan. 11-iyunda Rossiyaga, 14-iyunda Kanadaga qarshi oʻyinlarda oʻynagan[14][15].
2021-yil 18-iyun kuni Bianchi Sundxage tomonidan Braziliyani 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etadigan tarkibga kiritilgan[16].
Manbalar