Ixtiyor Ropiyev (1993-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik professional futzalchi. Oʻzbekiston futzal terma jamoasi tarkibida 2021 va 2024-yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan.
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati quyi divizionlarida uzoq vaqt toʻp surganidan soʻng, 2017-yilda „Maksam-Chirchiq“ bilan kelishib, futzalga oʻtdi. Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan oʻynagan navbatdagi chempionatda Ropiev toʻpurarlar reytingida uchinchi oʻrinni egalladi. 2019-yilda „AGMK“ jamoasiga oʻtdi va futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida debyut qildi[1]. Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi safida 2018-yilgi Osiyo Kubogida, 2021-yilgi Jahon chempionatida va 2024-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan[2][3].
Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!