Il-de-Frans (fransuzchada: Île-de-France, [il də fʁɑ̃s]; oʻzbekchada "Fransiya oroli mazmunini berib, Frank qabilalarining „Liddle Franke“ – kichik Fransiya soʻzidan kelib chiqqan[1]) – Fransiyaning regionlaridan biri boʻlib Sena, Marna va Uaza daryolari oraligʻida Parij pasttekisligida joylashgan. Il-de-Frans, markazida Parij shahri, bir qancha sanoat, hizmat koʻrsatish sohalari toʻplangan va aholisining soni, zichligi bilan Fransiyaning yuragi hisoblanadi.