Jeon Hae Rim (koreyscha:전해림; 1978-yil 28-iyun) – Janubiy Koreyalik aktrisa. Sahna ismi Ha Ji Won bilan tanilgan. U „Damo“(2003), „Hwang Jini“(2006) va "Empress Ki "(2013-2014) kabi tarixiy dramalaridagi rollarii bilan mashhur. Undan tashqari „Something Happened in Bali“(2004), „Secret Garden“(2010), „ The King 2 Hearts“(2012) va „Hospital Ship“(2017) teleseriallarda ham ishtirok etgan.
Hayoti va faoliyati
Jeon Hae Rim 1978-yil 28-iyunda Janubiy Koreyaning Seoul shahrida tugʻilgan[1]. Aktrisa shunday dedi: „Kichikligimdan aktrisa boʻlishni orzu qilardim. Oʻrta maktabda oʻqiyotganimda, fotostudiyada suratimni koʻrib, agentlik men bilan bogʻlangan“. Keyinchalik u Dankook universitetining Kino va televideniye (BFTV) bakalavriatini tamomlagan. 2012-yilda aktrisa debyutidan oldin 100 dan ortiq imtihonlardan oʻta olmaganini aytdi: „Men kollejga kirish va yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtdim, teatr va kino boʻlimiga qabul qilindim. Debyutimdan oldin men 100 ga yaqin loyihalar uchun imtihondan oʻtmagandim va xech qanaqa rollarni ololmagandim“.
Ha Ji Won 1996-yilda „New Generation Report: Adults Donʼt Understand Us“ nomli oʻsmirlar dramasida rol ijro etgan. 1998-1999-yillarda mos ravishda „Dragonʼs Tears“ va „Dangerous Lullaby“ dramalarida ikkinchi darajali rollarni oʻynashni davom ettirgan. U muammoli oʻsmir rolini oʻynagan mashhur „Shcool 2“ dramasi orqali aktrisa sifatida shuhrat boshlagan. 2007-yilda ji Won „Miracle on 1st Street“ komediya filmida bokschi ayol rolida oʻzini sinab koʻrgan. Bu film oʻsha yilning eng mashhur filmilaridan biriga aylandi[2]. Keyin u „Miracle of a Giving Fool“ filmida pianinochi rolini oʻynagan va 44th Baeksang Arts Awardsda Mashhurlik mukofotiga sazovor boʻlgan[3].
Mukofotlari
- Popular Star Award(2008)
- Best New Actress – Television(2001)
- Best Supporting Actress(2000)
- Best Actress(2011)
- Best Couple Award(2006)
- Style Icon(2016)
Manbalar