Farhod GES

Farhod ges — Sirdaryoning oʻrta oqimida, Farhod gidrouzelida joylashgan gidroelektr stansiya. „Uzbekenergiya“ davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi shoʻba korxona. GES qurilish haqida qaror 1942-yil 18-noyabrda qabul qilingan. GES qurilishi 1943-yil 10-fevralda boshlangan. Mazkur GES ommaviy hashar yo‘li bilan qurilgan bo‘lib, hasharga Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Buxoro, Andijon va Toshkent viloyatlaridan jami 60 mingdan ortiq kishi jalb etilgan.[1] 1948-yil birinchi gidroagregata ishga tushirilgan, 1949-yil iyun oyidan oʻrnatilgan umumiy quvvati 126 MVt boʻlgan 4 ta gidroagregatli stya toʻla quvvat bilan ishlay boshladi, 1951-yilda sanoat foydalanishiga qabul qilindi. Sirdaryo viloyati shahar va tumanlarini, shuningdek, „Bekobodsement“, „Oʻzbekiston metallurgiya kombinati“ kabi yirik korxonalarni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Quvvatlar 110, 35,6 kV kuchlanishda uzatiladi. Oʻrta Osiyo Birlashgan energetika tizimi („Energiya“ birlashgan dispetcherlik markazi)ga ulangan. 2003-yilda 562 mln. KVt soat elektr energiyasi ishlab chiqardi.

Manbalar

  1. „Daryo.uz“.



Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!