Ernst Thälmann (talaffuzi: Ernst Telmann; 16-aprel 1886 – 18-avgust 1944) Weimar Respublikasi davrida Olmoniya Kommunist Partiyasi (KPD) rahbari boʻlgan. U Gestapo tomonidan 1933-yili hibsga olinib, oʻn bir yil davomida qamoqda saqlangan. 1944-yili Adolf Hitler buyrugʻiga binoan Buchenwald konsentratsion lagerida otib oʻldirilgan.
Thälmann dunyo kommunistlari orasida sharaflangan, jumladan SSRI davrida Toshkentdagi xiyobonlardan biri uning nomi bilan atalardi.
Havolalar