Parijda tugʻilgan va Oxfordshireda oʻsgan Watson dastlab Dragon Schoolda, keyin esa Stagecoach Theatre Artsning Oxforddagi filialida aktyorlik boʻyicha tahsil olgan. Bolaligida u Harry Potter filmlarida Hermione Granger sifatida ilk professional rolini jonlantirganidan soʻng yulduzlik darajasiga koʻtarilgan boʻlib, ilgari faqat maktabda pyesalarida rollar oʻynagan. Watson 2007-yilda Ballet Shoes romani asosida suratga olingan telefilmida ham rol oʻynaydi hamda Desperoning sarguzashtlari (2008) multfilmidagi malika Pea personajiga ovoz beradi. Harry Potter film qismlarining final qismidagi rolidan soʻng, u My Week with Marilyn (2011) filmida ikkinchi darajali rolni, The Perks of Being a Wallflower (2012) filmida esa xushchaqchaq talaba rolini oʻynadi. Keyinchalik u Sofia Coppola tomonidan suratga olingan The Bling Ring (2013) filmida Alexis Neiers rolini hamda epik janrida suratga olingan Noah (2014) filmida titular qahramonning asrab olingan qizi rolini jonlantirganidan keyin yanada shuhrat qozondi. Oʻsha yili Watson BAFTAningYilning eng yaxshi artisti nominatsiyasiga loyiq topildi. U, shuningdek, umumjahon boʻyicha eng kassabop filmlardan biri boʻlmish Sohibjamol va maxluq (2017) nomli musiqiy va romantik janridagi filmda Belle rolini hamda Little Women (2019) nomli drama janridagi filmda Meg March rolini gavdalantirgan.
2011-yildan 2014-yilgacha Watson oʻz vaqtini filmlar ustida ishlash hamda taʼlim olishni davom ettirishga sarfladi, jumladan 2014-yil may oyida Brown universitetining ingliz tili adabiyoti fakultenini tamomladi. Shu yili u BMT-ayollarYaxshi niyat elchisi deb tayinlandi va gender tenglikni himoya qiluvchi BMT-ayollar kampaniyasi boʻlmish HeForSheni boshlashga koʻmaklashdi. 2018-yilda u taʼsischi oʻlaroq Time's Up UK tashkilotini ochishga koʻmaklashdi. Watson 2019-yilda Katta yettilikningayollar huquqlari boʻyicha maslahat organiga tayinlangan, tashqi siyosat masalalari boʻyicha liderlar bilan maslahatlashgan. Uning modellashtirish ishlari Burberry va Lancôme uchun kampaniyalarni oʻz ichiga olgan. U, shuningdek, oʻz nomini People Tree barqaror brendining kiyik-kechak tarmogʻiga berdi. 2020-yilda u barqaror moda himoyachasi oʻlaroq hashamatli brendlar guruhi boʻlmish Kering direktorlar kengashiga qoʻshildi.
Hayoti
Emma Charlotte Duerre Watson[4] 1990-yil 15-aprelda Parijda ingliz huquqshunoslar — Chris Watson va Jacqueline Luesby oilasida tugʻilgan.[5][6][7][8] Watson besh yoshiga qadar Parij yaqinidagi Maisons-Laffitte kommunasida istiqomat qiladi. Ota-onasi u yoshligida ajrashishadi hamda Watson onasi bilan Angliyadan Oxfordshirega koʻchib oʻtadi, dam olish kunlarida esa vaqtini otasining Londondagi uyida oʻtkazadi.[6][9] Watson aytishicha, u fransuzchada biroz soʻzlasha oladi, lekin avvalgidek „unchalik yaxshi emas“.[10] Onasi va akasi bilan Oxfordga koʻchib kelganidan soʻng, u Dragon Schoolda tahsil oldi, u yerda 2003-yilga qadar qoldi.[6] Olti yoshidan u aktrisa boʻlishni istaydi[11] hamda sirtqi teatr maktabi hisoblangan Stagecoach Theatre Artsning Oxforddagi filialida qoʻshiqchilik, raqs va aktyorlik boʻyicha tahsil oladi.[12]