"Deportivo Alaves" (bask va ispancha: Deportivo Alavés) yoki oddiygina "Alaves" — Basklar mamlakati avtonom hamjamiyatidagi Alava provinsiyasining Vitoriya-Gasteiz shahridan kelgan bask professional futbol klubi. „Alaves“ Basklar mamlakatidagi „Atletik Bilbao“ va „Real Sosedad de Football“dan keyingi uchinchi eng muvaffaqiyatli jamoa sifatida tan olingan.
Jamoaning uy libosi koʻk va oq chiziqli futbolka, koʻk rangli shortik va oq paypoqdan iborat. Jamoa uy uchrashuvlarini 19 840 oʻrinli Mendizorrotza stadionida oʻtkazadi va mashgʻulotlarini Ibaia shahrida joylashgan boshqa stadionda oʻtkazadi
Klubning eng yaxshi yillari XXI asr boshlariga toʻgʻri keladi. Oʻshanda jamoa muntazam ravishda La Liganing yuqori qismida Yevro kuboklar uchun kurashgan. Ispanya chempionatidagi eng yaxshi natijasi 6-oʻrin boʻlib jamoa bu natijaga 1999/2000-yilgi mavsumda erishgan.
1921-yilda asos solingan „Alaves“ 1929/30-yilgi mavsum oxirida SegundadanLa Ligaga yoʻl olgan tarixdagi birinchi jamoa boʻldi. La Ligada uch mavsum oʻtkazgandan soʻng, „Alaves“ yana Segundaga tushib ketdi va 16 yil davomida Ispaniyaning ikkinchi va uchinchi dvizionlarida toʻp surdi. 1954-yilda bask klubi ikki mavsumni oʻtkazib, yana La Ligaga qaytdi. Bu uzoqqa choʻzilmadi „Alaves“ yana Segundaga tushib ketdi.
1997—98-yillarda „Alaves“ Ispaniya ikkinchi ligasida chempionlikni qoʻlga kiritib, La Ligaga qaytdi. 1999/2000-yilgi mavsumda jamoa mamlakat vitse-chempioniga atigi 3 ochko boy berib, faxrli 6-oʻrinni egalladi. Shu bilan birga, mavsum davomida basklar ikki marta "Barselona"ni magʻlub etishdi (2:1 va 0:1)[2]..
XXI asr boshi
2000/01-yilgi mavsumda „Alaves“ Ispaniya chempionatida oʻrtamiyona 10-oʻrinni egalladi, ammo oʻz tarixida birinchi marta UEFA kubogi finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi.Final yoʻlida „Alaves“ „Inter“ va Germaniyaning "Kayzerslautern" klublarini turnirdan chiqarib yubordi. 2001-yil 16-mayda boʻlib oʻtgan finalda basklar qiyin kechgan oʻyinda 5:4 hisobida magʻlub boʻlishdi. Asosiy vaqt 4:4 hisobida durang bilan yakunlandi va qoʻshimcha boʻlimda Delfi Geli i Roura uchrashuvning 117-daqiqasida toʻpni oʻz darvozasiga yoʻlladi. Bu gol "Liverpul"ga gʻalaba keltirdi, chunki oʻsha paytda "oltin gol" qoidasi amalda edi.
Alaves 2001/02-yilgi mavsumni yettinchi pogʻonada yakunladi va ikkinchi marta UEFA kubogiga yoʻllanma oldi, garchi 2002/03-yilgi Yevropa ligasi bundan ikki yil oldingiga qaraganda unchalik muvaffaqiyatli boʻlmagan boʻlsa-da, birinchi marta Anqaragyujuga qarshi gʻalaba qozongan lekin keyinchalik Turkiyaning „Super“ jamoasi xisoblanadigan „Beshiktosh“ga magʻlub boʻlgan. 2003-yil 26-yanvarda klub Real Valyadolid ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonganidan keyin La Ligadagi 100-gʻalabasini nishonladi.
2002/2003-yilgi mavsumdan soʻng „Alaves“ning reytingi pasaygan boʻlsa-da, ikki yildan soʻng yana yuqori darajadagi maqomga ega boʻlishga erishdi. Oʻshanda „Alaves“ni ukrain-amerikalik tadbirkor Dmitriy Pietrman sotib olgan va klub murabbiylari, futbolchilari va muxlislari bilan bir necha bor uchrashib ulgurgan edi.Yuqori ligada jon saqlab qolish bor-yoʻgʻi bir mavsum davom etdi, sababi klubda qisqa davr ichida uch bora bosh murabbiy almashdi va jamoa La Ligada , 18-oʻrinni egalladi. Peterman 2007-yilda klubni tark etdi, bu paytga kelib klub juda katta qarzga botgandi. Albatta bu faktorlar jamoaga oʻz tas’irini oʻtkazmay qolmadi 2008/09-yilgi mavsumdan soʻng jamoa Segunda B ga tushib ketdi. Segunda B dagi qora mavsum toʻrt yil davom etdi."Alaves"ni Xose Antonio Keerexeta sotib oldi va 2013-yilda Segunda B dan ikkinchi divizion Segundaga yoʻllanma oldi, bu orqali klubning iqtisodiy qiyinchiliklarini hal qilish imkoniyati paydo boʻldi. Oradan uch yil oʻtib, 2016-yilning 29-mayida „Alaves“ Segundaning soʻnggi kuni „Numansiya“ni 2:0 hisobida magʻlub etib, „Leganes“ni ortda qoldirib, ikkinchi diviziondan chempion sifatida La Ligaga koʻtarildi.
Zafarli qaytish
2016/17-yilgi mavsumda „Alaves“ shov-shuv koʻtarib, gigantlar uchun jiddiy muammoga aylandi. Basklar "Real"dan tashqari chempionatning barcha peshqadamlaridan ochko olishga muvaffaq boʻldi. 2016-yil 10-sentabr kuni „Alaves“ Kamp Nou"da La Liganing amaldagi chempioni „Barselona“ni 2:1 hisobida magʻlub etib , La Ligadagi javob mavsumidagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi. 2017-yilning 7-fevralida „Alaves“ musobaqaning yarim finalida „Selta de Vigo“ni magʻlubiyatga uchratib, 2017-yilgi Ispaniya kubogi finaliga yoʻllanma oldi. Shunday qilib „Alaves“ klubi oʻz tarixida birinchi marta mamlakat kubogi finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi, avvalgi eng yaxshi natijasi 1998 va 2004-yillardagi yarim final boʻlgan. Ularning finaldagi raqibi „Barselona“ boʻlardi va tasodifan ikki klub kubok yarim finalidan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri ligada uchrashishdi; kataloniyaliklar "Mendizorrotsa" stadionida „Alaves“ni 6:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, mavsum boshidagi natija uchun qasos oldi.Barselona" Visente Kalderon stadionida boʻlib oʻtgan finalda ham 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻsha mavsumda La Ligada „Alaves“ 14ta gʻalaba, 13ta durang va 11ta magʻlubiyat bilan 9-oʻrinni egallad[3].
2017/18-yilgi mavsumda „Alaves“ Ispaniya Primerasida 38 uchrashuvda 40 ta gol urib, 50 ta gol oʻtkazib yuborib, 20ta jamoa ichida kamtarona 14-oʻrinni egalladi.
„Alaves“ning 2019/20-yilgi mavsumi klubning 108-mavsumi boʻldi. Shu davr mobaynida „Alaves“ klubi Ispaniya La Ligasida umumiy hisobda 15ta mavsum toʻp surgan. „Alaves“ning 108-mavsumi 2019-yilning 1-iyuldan to 2020-yilning 19-iyulgacha boʻlgan davrni qamrab oladi. „Alaves“ bu davrda La Liga va Ispaniya kubogida oʻynagan.
2021/22-yilgi mavsumda „Alaves“ "Levante"ga magʻlub boʻlgach, ikkinchi divizionga tushib ketdi. „Alaves“ La Ligadagi olti yillik seriyasini yakunladi, bu klubning La Ligadagi eng uzoq muddat qolishi edi.
Klubning asosiy oʻrinbosar jamoasi "Deportivo Alaves B" boʻlib, 1960-yilda tashkil etilgan va hozirda yuqori darajadagi ispan tizimida, havaskorlar darajasidagi Tersera Divizionida oʻynamoqda. Bu jamoa 2000-yilda Segunda B divizioniga koʻtarilgach, yana bir oʻrinbosar "Deportivo Alaves C" tashkil topdi, keyinchalik mahalliy "San Ignacio Club“ Alaves jamoasiga qoʻshildi, ammo klubning moliyaviy ahvoli yomonligi sababli C jamoasi 2005-yilda toʻxtatildi.San-Ignasio va Vitoriya-Gasteiz yaqinidagi koʻplab boshqa jamoalar Alavesning hamkor klublari sifatida ishlashda davom etishmoqda.
Kaliforniya gʻalabasi
2007-yilda „Alaves“ AQShda "Kaliforniya g'alabasi" deb nomlangan USL Birinchi divizion jamoasini boshqargan. Jamoa Kaliforniyaning San-Fransisko shahridagi "Kezar" stadionida oʻynadi va „Alaves“ libosida maydonga tushadi. Yangi homiy ostidagi „Alaves“ oʻsha yil oxirida klubni qoʻllab-quvvatlaydi shundan soʻng „Kaliforniya gʻalabasi“ USL Birinchi dvizionida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi.
NK Rudesh
2017-yilning may oyida „Alaves“ Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasiga yangi ko‘tarilgan "NK Rudesh" klubi bilan oʻn yillik hamkorlik shartnomasini imzoladi va Rudesh „Alaves“ uchun zaxira klubi vazifasini bajara boshladi. 2018-yil iyun oyida Deportivo Alaves va NC Rudesh hamkorlik shartnomasini bekor qildi.
Sosho
2018-yilning aprel oyida „Alaves“ Fransiyaning "Sosho-Montbéliard" klubi bilan shartnoma imzoladi, biroq hamkorlik bir necha oy davom etdi va oʻsha yilning dekabrida toʻsatdan tugatildi.
NK Istra 1961
2018-yil iyun oyida Alaves Rudes bilan kelishuvi tugaganidan bir necha hafta oʻtib, Xorvatiyaning boshqa top-klubi "NK Istra 1961"ning katta ulushini sotib oldi.