David Atanga (talaffuzi: Devid Atanga; 1996-yil 25-dekabrda tugʻilgan) — ganalik professional futbolchi, Belgiyaning KV Oostende klubida hujumchi sifatida oʻynaydi[1][2].
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Atanga 2014-yilda Red Bull Salzburg akademiyasiga qoʻshilgan[3]. 2015-yilning iyun oyida Atanga klub bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi[3]. 25-iyul kuni Red Bull Salzburg safida asosiy tarkibdagi debyutini oʻtkazdi[4].
2016-yil 1-iyulda Atanga 2.Bundesliga jamoasi 1. FC Heidenheim safiga qoʻshilidi[5]. Heidenheim safida toʻrtta oʻyindan soʻng, Atanga Salzburgga qaytdi. Avstriyadagi faoliyati davomida Atanga Salsburgning FC Liefering jamoasi safida 36 marta oʻynadi va 12 gol urdi[6]. 2017-yil 19-yanvarda Atanga Avstriyaning Bundesliga jamoasi SV Mattersburgga olti oylik ijara asosida qoʻshildi[7].
2018-yil iyun oyida SpVgg Greuther Furth Atanga 2018—2019-yilgi mavsum uchun ijaraga berilishini eʼlon qildi[8].
Holstein Kiel
2019-yil iyun oyida Atanga doimiy ravishda 2.Bundesliga jamoasi Holstein Kiel bilan 2019—2020-yilgi mavsum uchun 3 yillik shartnoma imzoladi[9][10].
2021-yil 18-yanvarda Atanga mavsum oxirigacha ijara asosida Avstriyaning „Admira Vakker“ klubiga oʻtdi[11].
KV Oostende
2021-yil 6-avgustda KV Oostende Atanga bilan uch yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[12].
Xalqaro faoliyati
Atanga Gana terma jamoasi safida U20 toifasida besh marta oʻynagan va shulardan toʻrttasida jamoasi bilan Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida gʻalaba qozongan[13]
Shaxsiy hayoti
Atangga Gananing Bolgatangasida tugʻilgan. 18 yoshida ilk klub Red Bull Ghanaga qoʻshilgan