Chizmali qoyatosh suratlari manzili Jizzax shahridan 2 km chamasi gʻarbda, Nurota tizmasida joylashgan. Mazkur tarixiy yodgorlikda 500 dan ziyod qadimiy petroglif lar aniqlangan. Ular eramizdan oldingi II mingyillikkacha boʻlgan davr, temir asriga tegishli va milodiy I mingyillikda chizilgan suratlar guruhiga boʻlinadi. Qoyatosh suratlari tasviriy sanʻatning ilk koʻrinishlaridan biri boʻlib, qadimiy odamlar hayotidan, oʻy-xayollari-yu dunyoqarashini, shuningdek, oʻlkaning hayvonot olami oʻtmish manzaralarini tadqiq etishda, xalqlarning urf-odatlari tarixini oʻrganishda qimmatli manba hisoblanadi. Chizmali qoyatosh suratlari manzili ilm olamiga hali unchalik maʻlum emas. Yodgorlik havaskor oʻlkashunoslar — Oʻktam Mutalov va Farruh Jabborov tomonidan oʻrganilgan. Mahalliy xalq orasida yodgorlik Sizmoyil ota nomi bilan ataladi. Shu nomdagi avliyo bilan bogʻliq ziyoratgoh ham mavjud boʻlib, aholi, ayniqsa, Navroʻz atrofida turli marosimlar oʻtkazadi. Bosh choʻqqida qadimiy oʻchoq saqlangan. Geograf Oʻktam Mutalov bu taponimning etimologiyasini oʻrganib, aslida Chizmali boʻlganligi va keyinchalik fonetik oʻzgarishga uchraganini aniqlagan. Farruh Jabborov manzil haqida «Jizzax haqiqati» va «Hurriyat» gazetalarida maqola eʻlon qilgan.
http://hurriyat.uz/muammo_va_tanqid/tariximizning_eng_kohna_manbalari_xavf_ostida.mgr[sayt ishlamaydi]