Chilonzor tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy joy. 1963-yil4-yanvarda tashkil qilingan. Toponimistlarning fikricha, tuman nomi chilon (jiyda) oʻsimligidan olingan[1]. Toshkent zilzilasidan (1966) keyin tumanda qurilish ishlari avj oldi. Tuman Toshkentning janubiy gʻarbiy qismida joylashgan[2]. Shimolda Oqtepa kanali, sharqda Boʻrijar kanali, janubi-gʻarbda Oʻrta Osiyo temir yoʻli boʻylab Toshkent avtomobil halqa yoʻli va Bobur koʻchasigacha davom etgan. Maydoni 2994 g, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 1,334 ming ga. Aholisi 217,1 ming kishi (2004-yil maʼlumotlariga koʻra). Koʻchalar soni 262 ta. 45 ta mahalla mavjud. Tumandagi baʼzi joylar Toshkent tarixi bilan bogʻliq. Chilonzor Oqtepasi arxeologik yodgorligi (IV-VIII asrlar, X-XI asrlar), Abulqosim Shayx madrasasi, Xayrobod Eshon meʼmoriy majmuasi kabi meʼmoriy yodgorliklar shu tuman hududida joylashgan. Chilonzor soʻzi toʻgʻridan-toʻgʻri „chilon oʻsadigan joy“ degan maʼnoni anglatadi, chilon + „-zor“ oʻrin-joy maʼnosini beruvchi qoʻshimchadan ot yasalgan[3][4].
Chilonzorning Shayxontoxur tumani bilan chegara Oʻzbekiston shoh koʻchasi, Bunyodkor shoh koʻchasi, Baynalminal koʻchasi va Gulxaniy koʻchasi boʻylab oʻtadi[5].
Uning Yakkasaroy tumani bilan chegarasi Bo'rjar kanalidir
Chilonzorni Sergili viloyati bilan Oʻrta Osiyo temir yoʻli boʻgʻlab turadi.
Chilonzor Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Toshkent halqa yoʻli bilan chegaradosh.
Chilonzor tumanida Sobir Rahimov avtovokzali bor. Avtovokzal Olmazor metrosining yonida joylashgan[6].
Fiziografiyasi
Hududdan Boʻrjar, Oqtepa, Anhor, Novza, Choponota, Botirma, Katga-qani suv kanallari oqib oʻtadi. Hududdagi quruqlik maydoni 1334 gektarni (hududning 45%) tashkil etadi.
Transporti
Chilonzor tumanida 258 koʻcha mavjud boʻlib, asosiylari Bunyodkor shoh koʻchasi, Muqimiy koʻchasi, Choponata koʻchasi, Gavxar koʻchasi, Chilonzor koʻchasi, Kichik halqa yoʻli, Lutfiy koʻchasi, Qatartol koʻchasidir[7].
Asosiy magistrallari – Xalqlar doʻstligi, Muqimiy, Choponota, Farhod, Gavhar, Chilonzor, Qatortol, Al-Xorazmiy koʻchalari. Chilonzor hududida qoʻshma korxonalar („Sovplastital“ Oʻzbekiston-Italiya qoʻshma korxonasi, „Oʻzbegiminternational“ qoʻshma korxonasi va boshqalar), 24 sanoat ishlaydigan korxonalar (shu jumladan, 3 poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi, koʻrlar jamiyatining ishlab chiqarish kombinati, „Rele va avtomatika“, „Algoritm“ korxonalari, elektr roʻzgʻor buyumlari zavodlari), 8 ilmiy tadqiqot instituti, 8 loyihalash instituti, konstruktorlik byurosi, 38 umumiy taʼlim maktabi, 20 akademik litsey va kollej, 65 maktabgacha taʼlim muassasasi, 9 kasalxona va 31 ta poliklinika bor. Chilonzor buyum bozorida aholiga 152 ta oziq-ovqat doʻkoni, 64 ta sanoat mollari doʻkonlari, 121 ta umumiy ovqatlanish joylari, 96 ta maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi xizmat qiladi. Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri, Davlat musiqali komediya (operetta) teatri, 2 kinoteatr, Navoiy nomidagi Milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hamda Xalqlar doʻstligi saroyi faoliyat koʻrsatadi. 4 stadion, 101 sport zali, 166 sport maydonchalari, 6 suv havzasi, otchopar majmuasi bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3178 kv km.ni tashkil qiladi.
↑Первые панельные дома в Ташкенте были построены французскими строителями по французской технологии в 1959 году. Эти три четырёхэтажных дома стоят и сейчас рядом с пересечением улиц Мукими и Усмана Насыра (ранее улица Шота Руставели). Далее на 3 квартале Чиланзара стали строить панельные дома силами ташкентских строителей, но под руководством французских инженеров. Эти дома полностью соответствовали французскому проекту: обогреваемые полы, ограничители специальной конструкции для окон; балконы лишь ненамного выступали от поверхности дома.
↑Первоначально небольшие новые микрорайоны Ташкента стали называться жилмассивами или просто массивами, например, жилмассив «Болгарские огороды», «массив Черданцева», «массив Юнус-Абад» и т. д.