Mahmut Celâl Bayar (talaffuzi: Mahmud Jalol Bayor; 1883-1986)[1][2] — Turkiya davlat arbobi, 1950-1960-yillarda mamlakat prezidenti.[3][4][5][6][7][8][9]
Bayar oʻz faoliyatini Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasida, uning Izmir va Bursa boʻlimlarini tashkil etishdan boshlagan. Respublikaning eʼlon qilinishidan soʻng, Turkiyaning koʻplab ilk moliyaviy institutlariga, jumladan, mamlakatning birinchi banki — Mehnat bankiga asos soldi. Liberal iqtisodiy siyosat tarafdori Otaturk 1937-yilda iqtisodiyotni liberallashtirish uchun Bayarni Bosh vazir etib tayinladi. Bu mansabda 1939-yilda Otaturkning vorisi İsmet İnönü davrida isteʼfoga chiqdi[10][11].
1945-yilgacha Respublika Xalq partiyasi aʼzosi edi. 1946-yildaAdnan Menderes, Fuat Koprülü va Refik Koraltan bilan birga Demokratlar partiyasini tuzdi va Turkiyaning koʻppartiyaviylik davrini boshlab berdi. 1950-yilgi saylovlarda hokimiyatning demokratiyaga tinch oʻtishi sodir boʻldi. Bayar Turkiyaning uchinchi prezidenti etib saylandi. Keyinchalik, 1954 va 1957-yillarda qayta saylangan va 10 yil davomida prezidentlik qilgan. 1960-yilgi davlat toʻntarishidan soʻng, qamoqqa olingan va ozod etilganidan keyin Demokratik partiya bilan aloqador sobiq siyosatchilarning huquqlarini tiklash tarafdori boʻlgan[12].
U eng uzoq umr ko‘rgan davlat rahbarlaridan biri bo‘lgan. Bayar 1986-yil 22-avgustda, 103 yoshida qisqa muddatli kasallikdan so‘ng vafot etdi[13].
↑Frank W. Thackeray; John E. Findling. The History of Turkey. Westport, CT: Greenwood Press, 2001. Qaraldi: 20-dekabr 2013-yil. – via Questia (subscription required) (Wayback Machine saytida 2019-11-15 sanasida arxivlangan)
↑Dawletschin-Linder, Camilla. Diener seines Staates: Celal Bayar (1883-1986) und die Entwicklung der modernen Türkei (de). Otto Harrassowitz Verlag, 2003 — 18-bet. ISBN 9783447047401.
↑Erhard Franz: „Biographien führender Persönlichkeiten des öffentlichen Lebens. Bayar, Mahmut Celâl“, in: Klaus-Detlev Grothusen (Hrg.): „Türkei. Südosteuropa-Handbuch. Band IV“, Vandenhoeck & Ruprecht, Göttingen 1985 ISBN 3-525-36204-8, p. 760.