Az-Zohir

Az-Zohir
Xalifa
Amir al-Moʻminin

Milodiy 1225—1226-yillarda Sindda Qarlugʻiylar hukmdori Sayfiddin al-Hasan (1239—1249) hukmronligi davrida Abbosiylar xalifasi az-Zohir nomi bilan zarb qilingan tangalar.
Abbosiylar xalifaligining 35-xalifa
Bagʻdodda Abbosiylar xalifaligi
Saltanat 1225-yil 5-oktyabr – 1226-yil 10-iyul
Oʻtmishdoshi An-Nosir li-dinillah
Davomchisi al-Mustansir I
Tugʻilishi 1175-yil
Bagʻdod, Iroq
Vafoti 1226-yil 11-iyul (51 yoshda)
Bagʻdod
Dafn etilgan joy
Bagʻdod
Turmush oʻrtogʻi Bab Javhar
Hayot xotun
Zahro
Farzandlari Al-Mustansir I
Toʻliq nomi
Abu Nasr Muhammad ibn Ahmad al-Nosir az-Zohir bi-amrulloh
Sulola Abbosiylar sulolasi
Otasi An-Nosir
Onasi Asmo
Dini Islom, sunniylik

Abu Nasr Muhammad ibn an-Nosir (arabcha: أبو نصر محمد بن الناصر) (1175 yil – 1226-yil 11-iyul), al-Zohir bi-amrulloh (arabcha: الظاهر بأمر الله; soʻzma-soʻz'Xudoning amri bilan paydo boʻlgan') shoh nomi bilan mashhur. 1225–1226-yillarda Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiylar xalifasi. 1225-yilda otasi an-Nosirning oʻrniga Abbosiylarning 35-xalifasi etib tayinlangan.

Hayoti

Az-Zohir bi-amrulloh xalifa an-Nosir va Asmo Ummu Muhammadning oʻgʻli boʻlgan. Toʻliq ismi Muhammad ibn Ahmad an-Nosir, kunyasi Abu Nasr. 1189-yilda an-Nosirning vorisi etib tayinlangan. Qisqa muddat davom etgan hukmronligi davrida soliqlarni kamaytirgan va bosqinlarga qarshi turish uchun kuchli qoʻshin tuzgan. Az-Zohir 1226-yil 10-iyulda, taxtga oʻtirganidan 9 oy oʻtib vafot etgan.

Oilasi

Az-Zohirning Hayot xotun ismli kanizagi boʻlib, asli turk millatiga mansub boʻlgan. Hayot xotun xalifaning sevimli va ishonchli kanizagi, shuningdek, uning oʻgʻillaridan birining onasi boʻlgan. Az-Zohirning oʻlimidan soʻng ozod qilib yuborilgan. Hayot xotun 1241-yil 16-avgustda vafot etgan va xalifa al-Mustadiy maqbarasiga dafn qilingan[1]. Xalifaning Bob Javhar ismli yana bir kanizagi bor edi. U ham turk boʻlib, az-Zohirning sevimlisi ayollaridan edi. Bob Javhar 1241-yil 1-avgustda vafot etgan va Rusofa qabristonidagi xalifa qabrlari yoniga dafn qilingan[1]. Az-Zohirning yana boshqa bir turk kanizagi boʻlib, u boʻlajak xalifa al-Mustansir I ning onasi edi[2][3].

Yana qarang

Manbalar

  1. 1,0 1,1 al-Sāʿī, Ibn. كتاب جهات الأئمة الخلفاء من الحرائر والإماء المسمى نساء الخلفاء: Women and the Court of Baghdad, Library of Arabic Literature. NYU Press, 2017 — 75–76-bet. ISBN 978-1-4798-6679-3. 
  2. Rizvi, Sayyid Saeed Akhtar. Utumwa: Mtazamo wa Kiislamu na wa Nchi za Magharibi. Al-Itrah Foundation, 2005 — 64-bet. ISBN 978-9987-9022-4-8. 
  3. Hasan, M.. History of Islam: Classical period, 571-1258 C.E, History of Islam. Islamic Publications, 1998 — 304-bet. 
Az-Zohir
Banu Hoshim Cadet branch
Tavalludi: 1175 Vafoti: 1226-yil 11-iyul
Sunniylik unvonlari
Oldingisi Islom xalifalari
Abbosiy xalifalar

1225-yil 5-oktyabr – 1226-yil 11-iyul
Keyingisi

Strategi Solo vs Squad di Free Fire: Cara Menang Mudah!