As-Samh ibn Molik al-Xavloniy (arabcha: السمح بن مالك الخولاني) – 721–719-yillarda Al-Andalusning arab general-gubernatori[1]. 720-yilda oʻz gubernatorligi ostida amalga oshirgan moliyaviy islohotlari doirasida Al-Andalusda birinchi sof arab tangalarini zarb qildirgan[2].
Qolgan vestgot hukmronligini zabt etish
As-Samh Al-Andalus hokimi lavozimini egallaganida Vestgotlar qiroli Ardo hali ham Quyi Ebro va Septimaniya ustidan hukmronlik qilar edi. As-Samh dastlab Barselonani, keyinchalik Narbonneni egallab (720), u yerda Vestgot qirolligi hokimiyatiga yakun yasagan[3]. Umaviylar qoʻshinini hozirgi janubiy Fransiya hududi tomon boshlab, Narbonneni zabt etishga muvaffaq boʻlgan[4]. Bundan tashqari yirik arab qoʻshinini Vestgotlar Septimaniyasining qolgan hududlariga ham olib borib, Béziers, Agde, Lodève, Maguelonne (Montpellier) va Nîmes kabi bir qator katta-kichik shaharlarni qamal qilgan.
Manbalar
- ↑ Lewis, David L.. God's Crucible: Islam and the Making of Europe, 570-1215. New York: W. W. Norton, 2008 — 56-bet. ISBN 978-0-393-06472-8.
- ↑ Kennedy, Hugh. Muslim Spain and Portugal: A Political History of al-Andalus (en). Routledge, 2014-06-11 — 21-bet. ISBN 978-1-317-87041-8.
- ↑ Collins, Roger. Early Medieval Spain. New York: St. Martin's Press, 1983 — 167-bet. ISBN 0-312-22464-8.
- ↑ Hitti, Philip Khuri. History of Syria Including Lebanon and Palestine, Vol. 1. Gorgias Press LLC, 2002 — 468-bet. ISBN 1-931956-60-X.