Arne faoliyatini Regional ligadagi „Verl“ futbol klubida boshlagan. U yerda uni Bielefeldning „Arminia“ futbol klubi menejeri Hermann Gerland koʻrgan va uni oʻz jamoasiga qoʻshilishiga taklif qilgan. 2000—2001-yilgi mavsum boshida Friedrich oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan. Yangi jamoada Arne tezda asosiy jamoaning oddiy oʻyinchisiga aylangan.
2002-yilning yozida Friedrich poytaxtning „Hertha“ futbol klubi taklifini qabul qilgan. Oʻsha yili yangi jamoa tarkibida Arne kubok yoʻlida „Bayern Munich“, „Borussiya Dortmund“ va „Schalke 04“ futbol klublarini magʻlub etib, Liga kubogi sohibiga aylangan.
2010-yil 2-iyul kuni Friedrich „Wolfsburg“ futbol klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan[2]. 2011-yilning 15-yanvarida Arne yangi jamoa safida „Bayern München“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan.
Friedrich juda koʻp jarohat olgani bois, 2011-yil 19-sentyabrda „Wolfsburg“ futbol klubi himoyachi bilan shartnomani bekor qilib, unga erkin agent maqomini bergan[3].
Xalqaro faoliyati
U milliy terma jamoadagi birinchi oʻyinini 2002-yil 21-avgustda Sofiyada oʻtkazgan, oʻshanda nemislar bolgarlar bilan oʻrtoqlik oʻyinida kuch sinashishgan. 2004-yil 21-dekabrda Friedrich Bangkokdagi oʻrtoqlik oʻyinida Tailand terma jamoasini 5: 1 hisobida magʻlub etganida terma jamoa sardori bogʻichini taqib maydonga tushgan[4].
Friedrich Germaniya terma jamoasidagi ilk golini 2010-yilning 3-iyulida 2010-yilgi Jahon chempionatining chorak finalida, Germaniya — Argentina jamoalari oʻrtasidagi bahsda o‘zining 77-o‘yinida kiritgan. Uchrashuvning yakuniy hisobi 4:0 koʻrinishida boʻlga va nemislar bu uchrashuvda gʻolib boʻlishgan.