Aleksandr Vladimirovich Svechnikov (tugʻ. 1998-yil 19-may, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, nayza uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yiligi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining chempioni, Yengil atletika boʻyicha Jahon chempioni, Islom birdamlik oʻyinlari va Yozgi Para-Osiyo oʻyinlari gʻolibi.
Hayoti
Aleksandr 1998-yil 19-mayda Toshkentda tugʻilgan. U ikkita Yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi boʻlgan katta singlisi Anastasiya Svechnikova singari nayza uloqtirish bilan shugʻullana boshladi[1]. 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandrga Oʻzbekiston iftixori faxriy unvonini berdi[2].
Faoliyati
10 yoshida onasi Yelena Svechnikova rahbarligida Toshkentda sport bilan shugʻullana boshlagan[1].
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u F13 toifasida nayza uloqtirish boʻyicha 65,69 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritib, Olimpiya chempioni[3][4][5].
2017-yilda Londonda (Birlashgan Qirollik) Yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan Jahon chempionatida u F13 toifasida nayza uloqtirishda 71,01 m natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritib, yangi jahon rekordini oʻrnatdi[6]. Oʻsha yili Islom birdamlik oʻyinlarida ham nayzani 70 metrga uloqtirib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[7].
2018-yilda Xitoyda ochiq chempionatida 66,96 metr natija bilan gʻolib chiqdi[8]. Oʻsha yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida nayza uloqtirish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi[9].
Manbalar