Abu Zayd an-Nasafiy |
Shaxsiy maʼlumotlar |
---|
Vafoti |
milodiy 892-yil (hijriy 279-yil) |
---|
Dini |
Islom |
---|
Tanilgan sohasi |
hadisshunos olim |
Abu Zayd an-Nasafiy (arabcha: أبو زيد النسفي — Abu Zayd Tufayl ibn Zayd an-Nasafiy) — hadisshunos olim.
Nasafda hadis ilmi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan olim. Uning oilasi Movarounnahrdagi ulamolar sulolasining yorqin namunasi bo‘lgan. Abu Zayd an-Nasafiyning ikki o‘g‘li — Abu Solih Xalaf ibn Tufayl an-Nasafiy (vafoti: 908-yil) va Abu Homid Zayd ibn Tufayl an-Nasafiy (vafoti: 957-yil) o‘z otalaridan saboq olganlar. Abu Solihning farzandi Abu Yaʼlo Abdulmu’min ibn Xalaf an-Nasafiy o‘z ota-bobolarining anʼanasini davom ettirib, Nasafda hadis ilmi rivojiga katta hissa qo‘shgan[1].
Adabiyotlar
- D. Rahimjonov. „Abu Zayd Nasafiy“. Islomshunoslik qomusiy lug‘ati. — T.: „Movarounnahr“, 2013. I, 33.
Manbalar