Abduqahhor Turgʻunovich Marifaliyev (1971-yil 10-may) — oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.
Biografiyasi
Futbolchilik faoliyatini 1988-yilda „Sohibkor“ klubida boshlagan. 1991-1995-yillarda„Paxtakor“ safida oʻynagan. Turli yillarda „Navbahor“, MHSK, „Doʻstlik“ klublarida toʻp surgan[1]. 1998-1999-yillarda Gretsiyaning „PAOK“ jamoasida oʻynagan, ammo asosiy tarkibda oʻz oʻrnini topa olmagan[2].
2002—2003-yillarda Qozogʻistonning „Yesil-Bogatir“ jamoasida oʻynagan. Faoliyatini 2005-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida yakunlagan.
Oʻzbekiston terma jamoasida
Marifaliyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 32 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan[3]. 1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan[4][5].
Murabbiylik faoliyati
Murabbiylik faoliyatini 2008-yilda „Metallurg“ klubida yoshlar jamoasi murabbiyi lavozimida boshlagan[6][7].